22 Yanvar 2025, 08:57 •Oʻzbekiston
Qalin tuman sabab Namangan aeroporti faoliyati cheklandi
Namanganga qo‘nishi kerak bo‘lgan reyslar boshqa muqobil aeroportlarga yo‘naltirildi.

Noqulay ob-havo sharoiti (tuman) tufayli Namangan xalqaro aeroportida havo kemalarining uchib kelishi va uchib ketishiga vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Sochi—Namangan yo‘nalishi bo‘yicha HY-9826 reysi soat 19:24 da Farg‘onadagi muqobil aerodromga qo‘ngan.
Flynas aviakompaniyasining Jidda—Namangan yo‘nalishidagi HY-651 reysi ham Toshkentdagi muqobil aeroportga yo‘naltirilgan. Samolyot poytaxt aeroportiga mahalliy vaqt bilan soat 20:10 da qo‘nishni amalga oshirgan.
Qanot Sharq aviakompaniyasining Istanbul—Namangan yo‘nalishidagi HH-578 reysi ham mahalliy vaqt bilan soat 21:28 da Toshkent aeroportiga kelib qo‘ngan.
Мавзуга оид хабарлар:
Namanganda 1,4 mlrd so‘mlik sifati kafolatlanmagan dori vositalari yo‘q qilindi Namanganda Lacetti urib yuborgan 11 yoshli qiz halok bo‘ldi Namanganda 616 mln so‘mlik gaz va elektrdan noqonuniy foydalanildi Qamchiq dovonida qor koʻchkisi yuz berdi Uch hududda haj va umraga noqonuniy yubormoqchi bo‘lganlar ushlandi
Soʻnggi yangiliklar

O‘zbekistonning Bosh konsulxonasi AQShdagi o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi
13 Mart 2025, 18:23
O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlat chegaralari tutashgan nuqtasi to‘g‘risidagi shartnomani imzolaydi
13 Mart 2025, 17:04
O‘zbekiston fuqarolari Xorvatiyaga ishlash uchun jo‘natiladi
13 Mart 2025, 15:49
O‘zbekiston va Fransiyaning uran qazib olish loyihasida Yaponiya kompaniyasi ham qatnashadi
13 Mart 2025, 15:17
Vengriya va O‘zbekiston olimlari yangi dori vositasini ishlab chiqarish ustida ishlamoqda
13 Mart 2025, 13:25
Joriy yilgi qabul uchun test topshiriqlari soni va baholash tartibi tasdiqlandi
13 Mart 2025, 13:01
Toshkentda voyaga yetmagan bolalari bilan tilanchilik qilayotgan ayol qo‘lga olindi
13 Mart 2025, 12:26
O‘zbekistonning Orxus konvensiyasiga qo‘shilishi to‘g‘risidagi qonun imzolandi
13 Mart 2025, 11:12