21 Yanvar 2025, 19:24 •Sport
O‘zbekistonda “Jump Rope” federatsiyasi tashkil etildi
Durdona Rahimova O‘zbekiston “Jump Rope” federatsiyasi raisi etib saylandi.

O‘zbekiston “Jump Rope” federatsiyasi faoliyatini boshladi. Bu haqda Sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 21-yanvar kuni Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyida mazkur federatsiyasiyaning tashkil etilganiga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tgan.
Unda Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Durdona Shukurulloyevna Rahimova O‘zbekiston “Jump Rope” federatsiyasi raisi etib saylangan.
Shuningdek, federatsiya birinchi vitse-prezidenti etib Hasan Xayrullayevich Xayrullayev nomzodi ma’qullangan.
Ma’lumot o‘rnida, “Jump Rope” arqondan sakrash musobaqalarini o‘zida jamlovchi sport turi hisoblanadi.
Мавзуга оид хабарлар:
Sport vaziriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
Soʻnggi yangiliklar

Farg‘onada Bosh prokuratura huzuridagi departament xodimi xususiy klinikada jarrohlik amaliyotidan so‘ng vafot etdi
21 Aprel 2025, 23:24
Toshkentda ikki kishini 40 ming dollar evaziga AQSHga yuborishni va’da qilgan xorijlik qo‘lga olindi
21 Aprel 2025, 17:29
O‘zbekistonda dollar arzonlasha boshlaydi
21 Aprel 2025, 16:19
Shavkat Mirziyoyev Rim papasining vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
21 Aprel 2025, 16:01
Rossiyada migrantlarning pul o‘tkazmalari nazorat qilinishi mumkin
21 Aprel 2025, 15:50
Toshkentda bir nechta avtomobilni urib yuborgan Gentra yoʻlovchilari qoʻlga olindi
21 Aprel 2025, 14:42
Oʻzbekistonda zilzila sodir boʻldi
21 Aprel 2025, 13:57
Toshkent aeroportida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi kutib olinishi munosabati bilan bir nechta reyslar vaqti oʻzgaradi
21 Aprel 2025, 13:53