Samarqand va Namanganda 2,1 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi
Hozirgi vaqtda mazkur holatlar bo‘yicha tegishli idoralar tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Energetika vazirligi ma’lum qilishicha, Namangan shahrida fuqaro Z.R. o‘zining yashash xonadonida novvoyxona tashkil etib, tabiiy gaz tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan ulangan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, u faoliyati davomida davlat manfaatlariga 362,5 mln so‘mlik zarar yetkazgan.
Shuningdek, Samarqand viloyatining Tayloq tumanidagi “S.Sh“ oilaviy korxonasiga qarashli novvoyxonada ham tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanilgan. Oqibatda 1,3 mlrd so‘mlik tabiiy gaz talon-toroj qilingan.
Bundan tashqari, Past Darg‘om tumanida yashovchi fuqaro A.M. ham o‘z xonadonida noqonuniy issiqxona tashkil qilib, tabiiy gaz tarmog‘iga yashirincha ulangan. Natijada davlat manfaatlariga 462,7 mln so‘mlik zarar yetkazgan.
Hozirgi vaqtda mazkur holatlar bo‘yicha tegishli idoralar tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Energetika vazirligiga elektr va gaz bo‘yicha ijtimoiy me’yorlar muddatini o‘zgartirish vakolati berildi Toshkentda tadbirkor 6,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalandi O‘zbekistonda yil boshidan buyon 98 mlrd so‘mlik gaz va elektrdan noqonuniy foydalanildi Namanganda 1,4 mlrd so‘mlik sifati kafolatlanmagan dori vositalari yo‘q qilindi Namanganda Lacetti urib yuborgan 11 yoshli qiz halok bo‘ldi
Soʻnggi yangiliklar







