O‘zbekistonda eksportda xususiy sektor ulushi 60 foizgacha oshiriladi
Vengriyaning yetakchi Hello Magyar onlayn nashrida Oʻzbekistonning eksport salohiyatiga bagʻishlangan maqola eʼlon qilindi.

Unda taʻkidlanishicha, Oʻzbekistonda eksportni qoʻllab-quvvatlash “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan – eksportda xususiy sektor ulushini 60 foizga yetkazish maqsadlariga muvofiq tarzda tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.
Maqolada 2017-yildan 2023-yilgacha Oʻzbekiston eksportining umumiy hajmi 120 milliard AQSh dollarni tashkil etgani haqida koʻrsatkichli maʻlumotlar keltirilgan. Birgina 2023-yilda eksport hajmi 24 milliard AQSh dollarini tashkil etib, 2017-yilga nisbatan 64 foizga oshganligi eʻtirof etiladi.
“Soʻnggi olti yil ichida Oʻzbekiston oʻz eksporti geografiyasini 33 ta yangi mamlakatga kengaytirdi va umumiy xorijiy bozorlar sonini 115 taga yetkazdi, – deya taʻkidlaydi Hello Magyar. – Oʻzbekiston mahsulotlari ilk bor Peru, Panama, Meksika, Dominikan Respublikasi, Argentina, Albaniya, Serbiya, Finlandiya, Lyuksemburg va boshqa mamlakatlar bozorlariga chiqdi”.
Taʻkidlanishicha, soʻnggi yillarda eksportni qoʻllab-quvvatlash milliy tizimida asosiy eʻtibor korxonalarni eksport faoliyatiga jalb qilishga qaratilmoqda. “Masalan, oʻtgan yili 3 mingga yaqin mahalliy kompaniya eksport faoliyatiga qoʻshildi, joriy yilning yanvar-oktabr oylari oraligʻida esa 2450 ta kompaniya ilk bor tashqi bozorlarga chiqib, 1 milliard AQSh dollarlik mahsulot eksport qildi”, deyiladi maqolada.
Мавзуга оид хабарлар:
Vengriya Alisher Usmonov va singlisini sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarishi mumkin O‘zbekiston kompaniyasi Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga uchradi O‘zbekiston Surinam bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi AQShdan deport qilingan oʻzbekistonliklar Nyu-York—Toshkent yoʻnalishi orqali qaytadi Xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxs Misrdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi
Soʻnggi yangiliklar







