Toshkentda hokim yordamchisi 30 ming dollar bilan ushlandi
Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Toshkentning Uchtepa tumanida hokim yordamchisi 30 ming dollari olayotganiga qo‘lga tushdi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Uchtepa tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inlaridan birining “Tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha” hokim yordamchisi tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroga tuman hududida 4 ta savdo do‘koni qurishi uchun yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali jami 210 kvadrat metr yer maydonini auksion savdolari orqali yutib, uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 30 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Ushbu hokim yordamchisi muqaddam Jinoyat kodeksining 167 (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-taroj qilish), 168 (firibgarlik), 205 (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilsh) va boshqa moddalari bilan 3 marotaba sudlangan shaxs hisoblanadi.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik, juda ko‘p miqdorda) va 28,211-moddasining 3-qismi “a” bandi (pora berish, juda ko‘p miqdorda) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda tadbirkor 6,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalandi Uch hududda fuqarolarga imtiyozli kredit olib berishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi Toshkentda uka o‘z opasini o‘ldirib, 7 kun uyda saqladi Toshkentda yoʻlovchi avtobusi daraxtga borib urildi Toshkentni kezib yurgan noyob qoraquloq hayvonot bog‘iga topshirildi
Soʻnggi yangiliklar







