Andijon tumani sobiq hokimi yana rahbarlik lavozimini egalladi
Mansab vakolatini suiiste’mol qilib sudlangan Andijon tumani sobiq hokimi Abdujabbor Egamberdiyev viloyat kasaba uyushmalari kengashiga rais bo‘ldi.
Andijon tumanining sobiq hokimi Abdujabbor Egamberdiyev O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining Andijon viloyati kengashi raisi lavozimiga tayinlandi. Tayinlov 2024 yilning 18 dekabr kuni kengashning yil yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishida e’lon qilingan.
Sobiq hokim tayinlovga qadar Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashining Andijon viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Abdujabbor Egamberdiyev 2021 yil fevralidan 2022 yil sentabrigacha Andijon tumaniga hokimlik qilgan. U sayyor qabulda fuqarolarga poygakdan joy berganidan keyin internetda mashhur bo‘lgandi. So‘ngra Egamberdiyev prezident qarori bilan davlat xizmatchisi etikasiga nomunosib xatti-harakatlari, rahbarlik madaniyatini saqlamagani, o‘tkazilgan qabullarda fuqarolarga hurmatsizlikka yo‘l qo‘ygani va faoliyatidagi boshqa kamchiliklari uchun egallab turgan lavozimidan ozod etilgandi.
Мавзуга оид хабарлар:
Namangan va Andijonda 3 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi Andijonda nosozlik sabab Matiz yonib ketdi Buxoro va Andijonda “valyutchik”lar ushlandi Ish vaqtida vafot etgan xodimning oilasiga salkam yarim milliard so‘m to‘landi Andijonda kuyov to‘y korteji sabab 27 mln so‘m jarima to‘ladi