Ikki hududda qo‘lbola alkogolni sotuvga qo‘yganlarga nisbatan ish qo‘zg‘atildi
Hozirgi kunda mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Qoraqalpog‘istonning Beruniy hamda Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on va Yangiyo‘l tumanlarida qo‘lbola alkogol mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Beruniy tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sh.S. “Jayhun” MFY hududidagi “E.” savdo do‘konida tegishli tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan turli nomdagi jami 279 dona iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlarini sotuvga qo‘ygani aniqlanib, ushbu alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Shu kabi, departamentning Oqqo‘rg‘on tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda tumanidagi “D.” MChJ rahbari D.T. xaridorga 2 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotini sotgan vaqtida ushlanib, ushbu savdo do‘konidan 233 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsuloti ashyoviy dalil sifatida olingan.
Departamentning Yangiyo‘l tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro P.M. yashash xonadonida yashirin sex tashkil etib, qo‘lbola alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib kelgani aniqlanib, ushbu xonadondan “O‘zbegim” nomli qo‘lbola alkogol mahsulotlari va 120 litr spirt ashyoviy dalil sifatida olingan.
Foto: Bosh prokuratura departamenti
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) va 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Navoiyda 30 gektar yerni sotishga uringan MChJ rahbari ushlandi Samarqandda qo‘lbola aroq sotgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi Uch viloyatda ishga kiritib qoʻyish bilan bogʻliq firibgarliklar fosh etildi Samarqandda fuqarolarni AQShga ishga yuborishni vaʼda qilgan ota-bola ushlandi Buxoro va Andijonda “valyutchik”lar ushlandi