14 Yanvar 2025, 12:31 Oʻzbekiston

Toshkent viloyatidagi issiqxonada 486 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi

Hozirgi kunda holat bo‘yicha barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Toshkent viloyatidagi issiqxonada 486 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi

Joylarda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash bo‘yicha nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda, deb xabar berdi “Hududgazta’minot” AJ matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumanining “Xalqobod” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro N.U. o‘z xonadonida tashkil qilgan issiqxonada hisoblash uskunasini chetlab o‘tib, ijro-texnik hujjatlarisiz tabiiy gaz tarmog‘iga ulangan.

Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, qonunchilikda belgilangan tartibda qayta hisob-kitob ishlari amalga oshirilib, 486,14 mln so‘mlik zarar aniqlandi.

Voqea bo‘yicha barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Mashhur yangiliklar