14 Yanvar 2025, 09:38 Oʻzbekiston

Samarqandda qo‘lbola aroq sotgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Uning bu qilmishi ortidan 5 nafar fuqaro spirtli ichimlikdan zaharlanib, vafot etgan.

Samarqandda qo‘lbola aroq sotgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand viloyatida aroqdan zaharlanish oqibatida 5 nafar erkak vafot etdi. Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar berishicha, qo‘lbola usulda tayyorlangan mazkur spirtli ichimlik mahsulotlarini sotgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ma’lum qilinishicha gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 186-moddasi ( xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Vafot etgan shaxslar shaharning turli mahallalarida yashovchi 63, 50, 72, 39 va 56 yoshdagi erkaklar bo‘lib, to‘rt nafari o‘z yashash xonadonida, yana biri shifoxonada 11-yanvar kuni vafot etgan. Aksariyati spirtli ichimlikka ruju quygan shaxslar bo‘lgan.

Marhumlarning o‘limi sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiyot hamda kimyoviy ekspertizalar tayinlangan.

Mashhur yangiliklar