Toshkentda “peshexod”dan o‘tayotgan piyodalarni mashina urib yubordi
Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida BYD’ning qo‘pol qoidabuzarligi ortidan ikki piyoda jarohat oldi
Toshkent shahar IIBB YHXB Mirzo Ulug‘bek tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda 13 yanvar kuni BYD transport vositasi haydovchisi Yo‘l-harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzishi oqibatida ikki piyoda jarohat olgani tasvirlangan video tarqaldi. Poytaxt IIBB YHXBning ma’lum qilishicha, videoda tasvirlangan holat 7 yanvar kuni Mirzo Ulug‘bek tumanida sodir bo‘lgan.
Qayd etilishicha, soat 16:45 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Mustaqillik ko‘chasi 53-uy qarshisida haydovchi 25 yoshli T.L. BYD rusumli transport vositasini boshqarib kelayotib, oraliq masofani saqlamagani oqibatida tartib solingan piyodalar o‘tish joyida o‘zidan oldinda piyodalarga yo‘l berish maqsadida to‘xtagan Nissan bilan to‘qnashgan. O‘z navbatida 59 yoshli Z.E. boshqaruvida bo‘lgan Nissan to‘qnashuv zarbidan so‘ng yo‘lning qarama-qarshi qismiga o‘tib ketib, piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 22 yoshli A.O‘. hamda 33 yoshli A.Z.ni urib yuborgan.
YTH oqibatida piyodalarga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Bu yil Toshkentga qo‘shimcha 1000 ta avtobus olib kelinadi Toshkent shahrida Cobalt yonib ketdi Farg‘onalik 2 yoshli qizchaning qornidan 149 dona magnit sharcha chiqarib olindi Toshkentda to‘xtab turgan Lacetti yonib ketdi Toshkentda avtobusda yo‘l haqini naqd pulda toʻlashga uringanlar jarimaga tortiladi