14 Yanvar 2025, 08:17 Oʻzbekiston

Buxoroda zilzila sodir boʻldi

Zilzila epitsentri Toshkentdan 529 km janubiy-gʻarbda joylashgan, uning magnitudasi 4 ga teng.

Buxoroda zilzila sodir boʻldi

Buxoro viloyati Qorakoʻl tumanida 4 magnitudali yer silkinishi qayd etildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.

Qayd etilishicha, Oʻzbekiston hududida mahalliy vaqt bilan 14-yanvar kuni soat 05:43da (Grinvich boʻyicha 00:43da) zilzila sodir boʻldi. Yer silkinishi epitsentri Buxoro viloyati Qorakoʻl tumanida joylashgan. Zilzilaning koordinatalari esa 40,28 gradus shimoliy kenglik, 63,07 gradus sharqiy uzunlikda ekani keltirilgan.

Manbaga koʻra, yer qimirlashi 10 km chuqurlikda yuzaga kelgan, uning magnitudasi 4 ga teng. Zilzila epitsentri Toshkentdan 529 km janubiy-gʻarbda joylashgan.

Respublika hududida sezilish kuchi:

  • Peshkoʻ tumanida 2 ball, 44 km;
  • Qorakoʻl tumanida 2 ball, 56 km.

Mashhur yangiliklar