Rasman: Abduqodir Husanov “Manchester Siti” futbolchisi
Angliyaning “Manchester Siti” klubi 20 yoshli o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov bilan 2029-yil iyuniga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolaydi.
Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”ga o‘tishi aniq bo‘ldi, deb yozdi taniqli insayder Fabritsio Romano o‘zining X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
“Manchester Siti” dekabr oyi oxirida “Lanss” bilan muzokaralarni boshlagandi va bugun kelishuvga erishdi”, deb yozdi Romano.
“Shaharliklar” 20 yoshli o‘zbekistonlik himoyachi uchun Fransiyaning “Lans” klubiga 40 mln yevro to‘laydi. Bundan tashqari bonuslar ham mavjud.
O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi yaqin kunlarda tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va APL klubi bilan 2029-yil iyuniga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolaydi. Kelishuvda yana bir yil uzaytirish imkoniyati mavjud bo‘ladi.
Shu tariqa Abduqodir Husanov Angliya Premyer Ligasida o‘ynaydigan birinchi o‘zbek futbolchisiga aylanadi. Angliyaning yuqori divizionida futbolchilari o‘ynagan davlatlar soni esa 119 taga yetadi.
Ma’lumot uchun, “Lans” Husanovni 2023-yil iyul oyida “Energetik-BGU”dan 100 ming yevroga sotib olgandi.
Husanov Fransiya klubi safida 31 ta o‘yinda maydonga tushib, bir marta golli uzatma amalga oshirdi. Uning fransuz klubi bilan tuzgan shartnomasi 2027-yilning iyuniga qadar amal qiladi.
Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, uning bozor qiymati 12 million yevroga baholangan.
Мавзуга оид хабарлар:
“Siti” Husanov uchun 50 mln yevro sarflashga tayyor — Sky Sport Abduqodir Husanov Buyuk Britaniya ishchi vizasiga hujjatlarini topshirdi Husanov transferi uchun kurashga “Tottenxem” ham qo‘shildi Abduqodir Husanov uchun kurashga “Real Madrid” ham qo‘shildi Abduqodir Husanov qishdayoq “Manchester Siti” safiga o‘tishi mumkin