10 Yanvar 2025, 17:33 Oʻzbekiston

O‘zbekistonda o‘quvchilarga nisbatan zo‘ravonlikka moyil pedagog kadrlar aniqlanadi

Ta’lim oluvchilarga nisbatan zo‘ravonlikka moyilligi mavjud pedagog kadrlarni aniqlash va ularga psixologik yordam berish mexanizmlarini joriy etish rejalashtirilmoqda.

O‘zbekistonda o‘quvchilarga nisbatan zo‘ravonlikka moyil pedagog kadrlar aniqlanadi

2025 yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, ta’lim jarayoni ishtirokchilarini psixologik qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtiriladi.

Ta’lim oluvchilarga nisbatan zo‘ravonlikka moyilligi mavjud pedagog kadrlarni aniqlash va ularga psixologik yordam berish mexanizmlarini joriy etish ko‘zda tutilgan.

Bulling, suitsid, voyaga yetmaganlar jinoyati oldini olish, oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha pedagog kadrlar uchun maxsus kurs va dasturlar ishlab chiqiladi.

O‘qituvchilarning kasbiy so‘nishining oldini olish, stresslarga bardoshlilik darajasini oshiruvchi simulyator va keyslar yaratish rejalashtirilmoqda.

Mashhur yangiliklar