Ikki viloyatda maktabga olis hududlardan qatnaydigan o‘quvchilar uchun avtobus qo‘yiladi
Samarqand va Jizzaxda maktabga olis hududlardan qatnaydigan o‘quvchilar uchun avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
Olis va chekka hududlarda joylashgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun bepul avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda 2025-yil uchun davlat dasturi loyihasida ko‘zda tutilgan.
Ma’lum qilinishicha, Samarqand va Jizzax viloyatlaridagi 100 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabida olis hududlardan qatnaydigan o‘quvchilarni avtobuslar bilan maktabga qatnovi autsorsing asosida tashkil etiladi.
Shuningdek, maktabdan tashqari ta’lim yo‘nalishida katta tajribaga ega davlatlarning tajribasi o‘rganiladi. Eng yaxshi maktabdan tashqari ta’lim yo‘nalishi tizimiga ega davlatlar bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yiladi.
Bundan tashqari, “El-yurt umidi” jamg‘armasi ko‘magida har yili 20 nafar maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari o‘qituvchi-trenerlari xorijiy davlatlarga malaka oshirish uchun yuboriladi.
Мавзуга оид хабарлар:
Samarqandda qariyb 500 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi Samarqand viloyati IIB tezkor xodimi 10 ming dollar bilan ushlandi Samarqandga uchgan samolyot Moskvaga favqulodda qo‘ndi Qanot Sharq aviakompaniyasi Rossiyaga parvozlarni vaqtinchalik bekor qildi Samarqandda 1,3 mlrd so‘mlik gazni o‘g‘irlagan novvoyxona aniqlandi