10 Yanvar 2025, 09:38 Oʻzbekiston

Sirdaryoda 3 ming dollarni ayirboshlayotgan “valyutchik” qo‘lga olindi

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakalari o‘tkazilmoqda.

Sirdaryoda 3 ming dollarni ayirboshlayotgan “valyutchik” qo‘lga olindi

Guliston shahrida valyuta qimmatliklarining noqonuniy muomalaga kiritilishi oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, “Yuksalish” MFYda fuqaro N.P. fuqaro M.X.ga 3 ming dollarni 38,8 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakalari o‘tkazilmoqda.

Mashhur yangiliklar