9 Yanvar 2025, 18:37 •Oʻzbekiston
Ish vaqtida vafot etgan xodimning oilasiga salkam yarim milliard so‘m to‘landi
Andijon viloyatida ish vaqtida vafot etgan xodimning oila a’zolariga 485,7 million so‘m mablag‘ to‘lanishi belgilandi.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining xabar berishicha, andijonlik Sh.N.ning turmush o‘rtog‘i N.N. mehnat vazifalarini bajarayotgan vaqtda tan jarohati olib vafot etgan. Sh.N. boquvchisini yo‘qotgani uchun korxona tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan bir martalik nafaqa hamda oyma-oy zarar to‘lovlarini undirishda amaliy yordam so‘rab, Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasiga murojaat qilgan.
Shundan so‘ng boshqarma Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan fuqaroning murojaati belgilangan tartibda o‘rganib chiqilib, sudga da’vo arizasi kiritilgan.
Ariza qanoatlantirilib, sudning hal qiluv qaroriga asosan Sh.N. foydasiga 485 million 760 ming so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini undirish belgilangan.
Мавзуга оид хабарлар:
Andijonda kuyov to‘y korteji sabab 27 mln so‘m jarima to‘ladi Andijondagi xonadonlardan birida gaz portladi Andijonda mashina ichiga isitish pechi o‘rnatgan blogerga chora ko‘rildi Andijondagi savdo do‘konida yirik yong‘in yuz berdi Andijonda 380 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan MChJ aniqlandi
Soʻnggi yangiliklar
Namangada FVB boshlig‘i 160 ming dollar bilan ushlandi
10 Yanvar 2025, 11:57Samarqand viloyati IIB tezkor xodimi 10 ming dollar bilan ushlandi
10 Yanvar 2025, 11:23Toshkent viloyatida kanal bo‘yidan eshak go‘shti qoldiqlari topildi
10 Yanvar 2025, 10:48Namangandagi ayanchli avtohalokatda 5 kishi halok bo‘ldi
10 Yanvar 2025, 10:15Sirdaryoda 3 ming dollarni ayirboshlayotgan “valyutchik” qo‘lga olindi
10 Yanvar 2025, 09:38O‘zbekistonda plastik paketlar taqiqlanishi mumkin
10 Yanvar 2025, 08:56G‘ayrat Fozilov Lyuksemburg valiahd Buyuk gersogiga ishonch yorliqlarini topshirdi
10 Yanvar 2025, 08:1810-yanvar kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi
10 Yanvar 2025, 07:47