Davlat organlarining ochiqlik faoliyati tekshiriladi
Monitoring rejali va rejadan tashqari o‘tkazilishi mumkin. Uni o‘tkazishning maksimal muddati 15 ish kuni bo‘ladi.
Vazirlar Mahkamasining “Davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlikni taʻminlash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan majburiyatlarga rioya etilishini masofadan monitoring qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi.
Nizom Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan davlat organlari va tashkilotlarining tegishli maʻlumotlarni Internetda joylashtirish boʻyicha majburiyatlarga rioya etilishi yuzasidan masofadan monitoring oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan Hisob palatasi, Markaziy bank, sud va prokuratura organlari hamda ularning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari, shuningdek, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari hamda davlat unitar korxonalari tomonidan Ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar ro‘yxati tasdiqlangan.
Monitoring rejali va rejadan tashqari o‘tkazilishi mumkin.
Rejadan tashqari monitoring o‘tkazish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
- jismoniy va yuridik shaxslarning davlat organi tomonidan ochiqlikni ta’minlash sohasidagi qonun hujjatlari buzilganligi to‘g‘risidagi murojaatlari;
- boshqa davlat organlaridan olingan ma’lumotlar;
- OAV va Internetda ochiqlikni ta’minlash sohasidagi qonun hujjatlari buzilishi haqida xabarlar.
Monitoring o‘tkazishning maksimal muddati – 15 ish kuni.
Monitoring yakunlari bo‘yicha Agentlik quyidagi ta’sir choralarini qo‘llashi mumkin:
- davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash sohasidagi qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilmasligi to‘g‘risida ogohlantirish;
- qoidabuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risida taqdimnoma chiqarish;
- ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzish.
Мавзуга оид хабарлар:
Farg‘onadagi portlashdan so‘ng viloyatdagi barcha “zapravka”lar o‘rganiladi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun tatbiq etiladigan organlar ro‘yxati e’lon qilindi Zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan xotin-qizlar davlat organlariga ishga olinadi Ўзбекистонда экологик вазиятни баҳолаш учун ягона мониторинг тизими ишга туширилади