8 Yanvar 2025, 16:55 Jahon

2024-yil kuzatishlar tarixidagi eng issiq yil bo‘ldi — “Kopernik”

Hisobotga ko‘ra, 2024-yil 1850-yildan beri rekord darajadagi eng issiq yil bo‘lgan.

2024-yil kuzatishlar tarixidagi eng issiq yil bo‘ldi — “Kopernik”

2024-yil kuzatishlar boshlangandan beri eng issiq yil boʻldi. Bu haqda Yevropa Komissiyasi tomonidan boshqariladigan “Kopernik” doimiy Yerni kuzatish dasturida maʻlum qilindi.

Hisobotga koʻra, 2024-yil 1850-yildan beri rekord darajadagi eng issiq yil boʻlgan. Oʻrtacha global harorat 15,10 darajani tashkil etgan, bu 1991-2020-yillardagi oʻrtacha koʻrsatkichdan 0,72 darajaga va oʻtgan rekorddagi eng issiq yil 2023-yilga nisbatan 0,12 darajaga yuqori boʻlgan.

Shunday qilib, 2024-yil 1850-1900-yillarni qamrab olgan “industriyadan oldingi davr” oʻrtacha koʻrsatkichi 1,5 darajaga oshgan birinchi yil boʻldi. 2023-yilda bu oʻrtacha koʻrsatkichdan 1,48 darajaga oshib ketdi.

2024-yil 22-iyulda oʻrtacha kunlik global harorat boʻyicha yangi rekord 17,16 darajaga yetdi. 2024-yilning yanvaridan iyunigacha har oy oʻtgan yilning shu oyiga nisbatan issiqroq boʻldi. 2024-yil yozi ham tarixdagi eng issiq boʻldi.

Mashhur yangiliklar