8 Yanvar 2025, 11:23 Oʻzbekiston

Portlash xavfi bo‘lgan muhitlarda ishlatiladigan asbob-uskunalar xavfsizligi bo‘yicha reglament tasdiqlandi

Portlash xavfi bo‘lgan muhitda O‘zbekiston hududida qo‘llanilishi va bajarilishi majburiy bo‘lgan yagona talablar reglamenti tasdiqlandi.

Portlash xavfi bo‘lgan muhitlarda ishlatiladigan asbob-uskunalar xavfsizligi bo‘yicha reglament tasdiqlandi

Hukumat qarori bilan “Portlash xavfi bo‘lgan muhitlarda ishlatiladigan asbob-uskunalar xavfsizligi to‘g‘risida texnik reglament” tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, texnik reglament inson hayoti va salomatligini, mol-mulki va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda iste’molchilarni chalg‘itadigan xatti-harakatlarning oldini olish maqsadida portlash xavfi bo‘lgan muhitda O‘zbekiston hududida qo‘llanilishi va bajarilishi majburiy bo‘lgan yagona talablarni belgilaydi.

Texnik reglament talablari portlash xavfi bo‘lgan muhitlarda ishlatiladigan asbob-uskunalarning belgilangan ro‘yxatiga nisbatan qo‘llaniladi.

Asbob-uskunalar portlash xavfi bo‘yicha xavfsiz ishlash va foydalanish uchun zarur bo‘lgan quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  • asbob-uskunalardan yonuvchi moddalarning chiqishi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan portlash muhitining hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik;
  • portlash sodir bo‘ladigan har bir manbaning xususiyatini hisobga olgan holda, portlash muhiti alangalanishining oldini olish;
  • asbob-uskunalarning qo‘llanish sohasiga qarab, portlash xavfi bo‘lgan muhitlarda ishlatiladigan asbob-uskunalarning portlash xavfsizligini belgilovchi ko‘rsatkichlar tasnifiga.

Texnik reglament rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab 6 oy o‘tgach amalga kiritiladi.

Mashhur yangiliklar