7 Yanvar 2025, 14:58 •Oʻzbekiston
Endi Toshkent — Xo‘jakent yo‘nalishidagi elektropoyezdlar harakati Janubiy vokzaldan tashkil etiladi
Ushbu tezyurar elektropoyezd shu paytgacha Shimoliy vokzaldan harakatlangan.
10-yanvardan boshlab Toshkent — Xo‘jakent yo‘nalishida harakatlanuvchi tezyurar yo‘lovchi elektropoyezdlar Janubiy vokzaldan yuradi, deya xabar bermoqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” kompaniyasi matbuot xizmati.
Yo‘nalish jadvali quyidagicha:
- 7201-sonli Toshkent janubiy — Xo‘jakent: Toshkent janubiy 06:24 — Xo‘jakent 07:43;
- 7202-sonli Xo‘jakent — Toshkent janubiy: Xojikent 08:20 — Toshkent janubiy 09:41;
- 7203-sonli Toshkent janubiy — Xo‘jakent: Toshkent janubiy 12:39 — Xo‘jakent 13:58;
- 7204-sonli Xo‘jakent — Toshkent janubiy: Xo‘jakent 14:33 — Toshkent janubiy 15:54;
- 7205-sonli Toshkent janubiy — Xo‘jakent: Toshkent janubiy 18:35 — Xo‘jakent 19:54;
- 7206-sonli Xo‘jakent — Toshkent janubiy: Xo‘jakent 20:23 — Toshkent janubiy 21:42;
- 6440-sonli Xo‘jakent -Toshkent janubiy: Xo‘jakent 06:22 — Toshkent janubiy 08:56;
- 6442-sonli Xo‘jakent -Toshkent janubiy: Xo‘jakent 05:20 — Toshkent janubiy 07:53.
Kompaniyaning eslatishicha, ushbu tezyurar elektropoyezd shu paytgacha Shimoliy vokzaldan harakatlangan.
Ma’lumot uchun, Toshkentdan Xo‘jakentga mingdan ortiq yo‘lovchiga mo‘ljallangan yangi tezyurar elektropoyezdda yo‘l haqi kattalar uchun 20 ming so‘m, bolalar uchun 11,5 ming so‘m. To‘lovni ATTO sayohat kartasi orqali to‘lash yoki onlayn chipta xarid qilish mumkin.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent — Xo‘jakent yo‘nalishida yangi tezyurar elektropoyezd qo‘yildi Hyundai Rotem O‘zbekistonda elektropoyezdlar ishlab chiqarishi mumkin Mirziyoyev Koreyadan yuqori tezlikdagi elektropoyezdlar xarid qilish bo‘yicha qaror imzoladi Toshkent Markaziy vokzali faoliyati 16-avgustdan tiklanadi
Soʻnggi yangiliklar
Toshkent hayvonot bog‘idagi jirafa nobud bo‘ldi
9 Yanvar 2025, 14:521-iyuldan fuqarolarning hujjatlari elektron shaklda ham tan olinadi
9 Yanvar 2025, 14:172025-yildan ayrim tibbiyot xodimlariga ustama to‘lanishi mumkin
9 Yanvar 2025, 13:40Abduqodir Husanov Buyuk Britaniya ishchi vizasiga hujjatlarini topshirdi
9 Yanvar 2025, 13:08Toshkentda to‘xtab turgan Lacetti yonib ketdi
9 Yanvar 2025, 12:34Qamchiq dovonidagi zaxira yo‘lda 2 kishi qor ostida qolib, vafot etdi
9 Yanvar 2025, 11:58O‘zbekiston eng kam ish haqi miqdori bo‘yicha dunyoda nechanchi o‘rinda?
9 Yanvar 2025, 11:23Turistik klasterlarni tashkil etish tartibi belgilandi
9 Yanvar 2025, 10:48