6 Yanvar 2025, 10:15 •Oʻzbekiston
Andijondagi savdo do‘konida yirik yong‘in yuz berdi
Shahrixon tumanida joylashgan savdo doʻkonining 300 kvadrat metr maydonda shift, tom qismi va maishiy jihozlar yonib zararlandi.
Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Shahrixon tumanida sodir boʻlgan yongʻin toʻgʻrisida maʻlumot berdi.
Qayd etilishicha, 5-yanvar kuni soat 22:57da Shahrixon tumani Amir Temur koʻchasida joylashgan maishiy savdo doʻkonida yongʻin sodir boʻlayotgani haqida FVBga xabar kelib tushgan. Unga koʻra, soat 23:00 da aytilgan manzilga yongʻin-qutqaruv ekipajlari yetib borgan va soat 23:45 da yongʻin toʻliq oʻchirilgan.
Yongʻin oqibatida savdo doʻkonining 300 kvadrat metr maydonda shift, tom qismi va maishiy jihozlar yonib zararlangan.
“Yongʻin natijasida fuqarolar tan jarohati olmagan. Yongʻin sodir boʻlish omillari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda”, — deyiladi xabarda.
Мавзуга оид хабарлар:
Soʻnggi yangiliklar
O‘zbekistonda Ai-80 benzini sotuvi 2025-yil oxirigacha cheklanishi mumkin
9 Yanvar 2025, 15:34Toshkent hayvonot bog‘idagi jirafa nobud bo‘ldi
9 Yanvar 2025, 14:521-iyuldan fuqarolarning hujjatlari elektron shaklda ham tan olinadi
9 Yanvar 2025, 14:172025-yildan ayrim tibbiyot xodimlariga ustama to‘lanishi mumkin
9 Yanvar 2025, 13:40Abduqodir Husanov Buyuk Britaniya ishchi vizasiga hujjatlarini topshirdi
9 Yanvar 2025, 13:08Toshkentda to‘xtab turgan Lacetti yonib ketdi
9 Yanvar 2025, 12:34Qamchiq dovonidagi zaxira yo‘lda 2 kishi qor ostida qolib, vafot etdi
9 Yanvar 2025, 11:58O‘zbekiston eng kam ish haqi miqdori bo‘yicha dunyoda nechanchi o‘rinda?
9 Yanvar 2025, 11:23