Eksportchilarning transport xarajatlarini kompensatsiya qilish to‘xtatildi
Prezident farmoni bilan eksportchilarning transport xarajatlarini kompensatsiya qilish bekor qilindi.

Eksportchilarning tashish xarajatlarini kompensatsiya qilish amaliyoti bekor qilindi. Bu haqda Prezidentning 2024 yil 27 dekabr kuni qabul qilingan “Eksportni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarining Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” farmonida so‘z boradi.
Unga ko‘ra, Prezidentning ayrim hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritildi:
- eksportni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish;
- eksport qiluvchilarning avtomobil, havo va temir yo‘l transportida eksportga tashish xarajatlarini kompensatsiya qilish amaliyotini bekor qilish.
Bunda eksport qiluvchi tashkilotlarning 2024 yil 31 dekabrgacha amalga oshirilgan eksporti uchun 2025 yil 1 fevralga qadar belgilangan tartibda subsidiya va kompensatsiyalar taqdim etiladi.
Farmon joriy yil 1 yanvardan e’tiboran kuchga kirgan.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistonda harbiylarga to‘lanadigan kompensatsiya miqdori oshiriladi Farg‘onada 2 tup daraxtni noqonuniy kesgan fuqaro 223 ta ko‘chat ekib berdi Kambag‘al oilalarga gaz va elektr energiyasi uchun kompensatsiya to‘lanadi Toshkent shahar hokimligidan tadbirkor foydasiga 1 mlrd so‘m undirildi Buxoroda tok urishi oqibatida ikki ishchi halok bo‘ldi
Soʻnggi yangiliklar







