3 Yanvar 2025, 11:35 •Jahon, Oʻzbekiston, Sport
Rossiyada o‘zbekistonlik yigit 25 yoshli qizni zo‘rlashda ayblanmoqda
Hozirda yigit maxsus hibsxonaga joylashtirilgan va unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Sankt-Peterburgda Rossiyada noqonuniy bo‘lib turgan o‘zbekistonlik 21 yoshli yigit 25 yoshli qizni zo‘rlashda gumonlanmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 1 yanvar kuni tushdan keyin 25 yoshli qiz politsiyaga noma’lum shaxs tomonidan zo‘rlangani va uning nochor ahvolidan foydalanilgani haqida ariza bilan murojaat qilgan. Voqea Vladimirskiy prospektidagi xonadonlardan birida yuz bergan.
Shu kuni kechki payt politsiya Leningrad viloyati Lomonosovskiy tumani Novosele qishlog‘ida gumonlanuvchini qo‘lga olgan. Ma’lum bo‘lishicha, u Federatsiyada ro‘yxatdan o‘tmagan 21 yoshli O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib chiqqan.
Bildrilishicha, yigit maxsus hibsxonaga joylashtirilgan va jinoiy ish qo‘zg‘atish masalasi ko‘rilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Rossiyada ikki farzandi bilan qiyin vaziyatda qolgan ayol vatanga qaytarildi Rossiyada qarovsiz qolgan ikki nafar bola Oʻzbekistonga olib kelindi AQShdan deport qilingan 7 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi Dubayda qiyin vaziyatda qolgan o‘zbekistonlikka yordam ko‘rsatildi Rossiyada qiyin ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi
Soʻnggi yangiliklar

Toshkentda uyida narkotik yetishtirgan fuqarolar qo‘lga olindi
2 May 2025, 22:17
Ukrainada 11 kishini o‘ldirgan O‘zbekiston fuqarosi umrbodga qamaldi
2 May 2025, 18:15
Markaziy bank muddatli to‘lovlar bozorini tartibga solishni boshlashni rejalashtirmoqda — Timur Ishmetov
2 May 2025, 17:11
O‘zbekistondagi Damas zavodida yangi avtomobil ishlab chiqarish boshlanadi
2 May 2025, 15:47
Xivadagi davlat tashkilotlari shahar chekkasiga ko‘chiriladi, binolari savdoga qo‘yiladi
2 May 2025, 14:00
O‘zbekistonda Fransiya universitetini ochish rejalashtirilmoqda
2 May 2025, 12:24
Denovda 32 nafar bog‘cha bolasini Damas’da tashigan haydovchiga chora ko‘rildi
2 May 2025, 10:51
Birjada propan narxi metan narxi oshishi fonida 21 foizga oshdi
1 May 2025, 21:23