Toshkent viloyatida ayol 4 yashar qizini ayovsiz kaltakladi
Chirchiq tumanida 47 yoshli ayol 4 yashar qizini qattiq kaltaklab, tan jarohati yetkazdi.
Toshkent viloyati Chirchiq tumanida ona 4 yoshli qizini ayovsiz kaltaklagani va og‘ir tan jarohati yetkazgani aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan Bolalar ombudsmani munosabat bildirdi.
Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida Ichki ishlar organlari tomonidan aniqlanishicha, joriy yilning 23 dekabr kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tuman tibbiyot birlashmasiga 2020 yilda tug‘ilgan qiz Y.M. tanasidagi turli jarohatlar bilan qabul qilingan.
Holat yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijasida 47 yoshli ayol 4 yoshli qizini qattiq kaltaklab, tan jarohati yetkazgani aniqlangan. Tibbiyot xulosasiga ko‘ra, bolada bosh miya yopiq jarohati, bosh miya lat yeyishi og‘ir darajasi va bosh sohasidagi boshqa og‘ir jarohatlar qayd etilgan.
Bugun, 27 dekabr kuni holat yuzasidan Toshkent viloyati Chirchiq shahar IIB tomonidan E.Y ga nisbatan Jinoyat kodeksining 126 prim 1-moddasi 7-qismi “b” bandi (oilaviy zo‘ravonlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Bildirilishicha, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Мавзуга оид хабарлар:
Surxondaryoda ona 15 yoshli qizini doimiy kaltaklab kelgani aniqlandi Piskentda aholi gavjum hududda bo‘rilar kezib yurgani aytildi Toshkent viloyatida tarbiyachi bog‘cha bolasini kaltakladi Andijonlik 20 nafarga yaqin bola 3 ta Damas’da Qoraqalpog‘istonga olib ketilayotgani aniqlandi Toshkent viloyatida bir oilaning uch a’zosi is gazidan vafot etdi