“O‘zgidromet” Yangi yil kuni ob-havo qanday bo‘lishini ma’lum qildi
Respublika shimolida ba’zi joylarda qor ko‘rinishida yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda.
Bu yil ham O‘zbekiston aholisi Yangi yilni qorsiz ob-havo bilan kutib oladi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.
Ma’lum qilinishicha, 30-dekabrda respublika hududi bo‘yicha ba’zi joylarda va 31-dekabrga o‘tar kechasi Toshkent viloyatining ayrim joylarida yog‘ingarchilik kuzatiladi, lekin tekislik hududlarda yog‘ingarchilik asosan yomg‘ir ko‘rinishida bo‘ladi. Faqat tog‘oldi va tog‘li hududlarda, shuningdek, respublika shimolida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik qor ko‘rinishida bo‘lishi kutilmoqda.
Respublika hududining katta qismida 31-dekabr kunduz kuni va 1-yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
30—31-dekabr va 1-yanvarda havo harorati asosan kechalari 0-5 daraja iliq, kunduz kunlari 5-10 daraja iliq atrofida, ba’zi joylarda 12 darajagacha iliq bo‘ladi. Shimolda kechalari 3-8 daraja sovuq, kunduz kunlari 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Мавзуга оид хабарлар:
26-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo haqida maʼlumot berildi 25-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi 24-dekabr kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qildi O‘zbekistonda kelasi hafta boshida qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum qilindi 22 dekabr kuni yogʻingarchilik kutilmaydi