Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasida maxfiy tunnel topildi
Mazkur tunneldan neft mahsulotlarini kontrabanda qilish uchun foydalanilgani aytilmoqda.
Qozog‘iston janubida neft mahsulotlarini kontrabanda qilish uchun foydalanilgan O‘zbekistonga olib boruvchi tunnel topildi. Bu haqda Turkiston viloyati prokuraturasi xabar berdi.
“Bir guruh shaxslar tomonidan Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasida 450 metr uzunlikdagi tunnel yotqizilgan. Ushbu tunnel orqali har kuni 5-7 tonna yoqilg‘i-moylash materiallari kontrabanda yo‘li bilan olib chiqilgan. Noqonuniy faoliyat taxminan ikki oy davom etgan. Maxsus tadbirlar bilan jinoiy guruhning barcha a’zolari, jumladan, O‘zbekiston fuqarolari ham aniqlangan”, deyiladi viloyat prokuraturasi xabarida.
Shunga o‘xshash tadbirlar O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan davlat chegarasining chegara hududida o‘tkazilgan. Qo‘shni davlatdan eksport qilingan yonilg‘i uchun mablag‘ o‘tkazish sxemasi aniqlangan.
Qozog‘iston hududida ham, O‘zbekiston hududida ham transmilliy jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olingan. Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Oʻzbek-qozoq chegarasida benzin kontrabandasi bilan shugʻillangan jinoiy guruh fosh etildi O‘zbekiston prezidenti Ozarbayjon rahbariga yana bir bor hamdardlik bildirdi Qozog‘istonda qulagan samolyotning qora qutisi topildi Bokudan Grozniyga uchgan yo‘lovchi samolyoti Qozog‘istonda qulab tushdi Rossiya 7 mln dollarlik firibgarlikda ayblanayotgan o‘zbekistonlikni Qozog‘istonga ekstraditsiya qildi