Davlat qarzining cheklangan hajmi oshiriladi
Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi hajmi hamda davlat qarzining cheklangan hajmi oshirilmoqda.
Davlat byudjetiga kiritilgan oʻzgarishlarga koʻra, Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi hajmi, Oʻzbekiston nomidan va kafolati asosida olinadigan davlat qarzining cheklangan hajmi oshirilmoqda.
Qonun bilan “2024-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi qonunga oʻzgartirishlar kiritildi.
Unga koʻra, Qonunga ayrim toifadagi bemorlarga dori vositalarini bepul taqdim etish, madaniyat va sanʼatni rivojlantirish, Milliy futbol markazini tashkil etish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, innovatsion sanoat zonalarini barpo etish, shuningdek innovatsion va yuqori texnologiyali sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishini yoʻlga qoʻyish uchun mablagʻlar ajratilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritildi.
Bundan tashqari Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi hajmi, Oʻzbekiston nomidan va kafolati asosida olinadigan davlat qarzining cheklangan hajmi oshirilmoqda.
Davlat byudjetidan davlat maqsadli jamgʻarmalariga ajratiladigan transfertlar miqdorlari, ushbu jamgʻarmalarning daromadlari hamda xarajatlari oʻzgartiriladi.
Prezident va Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda topshiriqlariga muvofiq mablagʻlarning bir qismini maqbullashtirish va ularni qoʻshimcha xarajatlarga yoʻnaltirish nazarda tutilmoqda.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Мавзуга оид хабарлар:
Oʻzbekistonda 2025 yil uchun Davlat byudjeti tasdiqlandi Senatorlar davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi O‘zbekiston davlat qarzi kelasi yilda 45 mlrd dollardan oshishi mumkin Keyingi yilda ish haqi va pensiyalarni oshirishga qancha mablag‘ ajratilishi ochiqlandi 2025 yil uchun Davlat byudjeti loyihasi e’lon qilindi