O‘zbekiston Afg‘oniston xalqiga gumanitar yordam jo‘natdi
Insonparvarlik yuklari Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hamda bir qator mutasaddilar tomonidan yetkazib berilgan.
Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘i bilan Afg‘onistonga insonparvarlik yordami, jumladan, oziq-ovqat va dori-darmon yetkazib berildi, deb xabar qildi Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati.
Jami 9 vagondan iborat “Salomatlik” tibbiy-sanitar yordami 25−30-dekabr kunlari Afg‘onistonning Balx viloyatida bir guruh aholi malakali shifokorlar tomonidan bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Mazkur insonparvarlik yordami O‘zbekiston va Afg‘oniston hukumatlarining uchrashuvida afg‘on xalqini O‘zbekiston shifokorlari tomonidan bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda ko‘mak ko‘rsatish so‘roviga asosan amalga oshirilmoqda, deyiladi xabarda.
Insonparvarlik yuklari Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hamda Transport va Tashqi ishlar vazirliklari, shuningdek, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ mutasaddilari tomonidan yetkazib berildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Surxondaryoda zamonaviy turistik markazlar tashkil etiladi Qo‘shtepa kanali qurilishining ikkinchi bosqichi ham deyarli yakunlandi Surxondaryoda 18 yoshli yigit pochchasini pichoqladi Surxondaryoda tabib oldiga yordam so‘rab kelgan ayolga shilqimlik qildi Surxondaryoda ayol o‘z qizini 15 ming dollarga sotmoqchi bo‘ldi