25 Dekabr 2024, 17:05 •Eksklyuziv, Iqtisod
Oʻzbekistonda 2025 yil uchun Davlat byudjeti tasdiqlandi
“2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi.

Qonun 2025-yil uchun Oʻzbekistonning konsolidatsiyalashgan byudjetini shakllantirish va ijro etish bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soladi.
2025-yil uchun birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga respublika byudjetidan ajratiladigan byudjet mablagʻlarining cheklangan miqdorlari tasdiqlandi.
Birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga respublika byudjetidan ajratiladigan byudjet mablagʻlaridan faqat 2025 moliya yili davomida foydalaniladi va ular kelgusi moliya yiliga oʻtkazilmaydi.
2025-yil uchun Oʻzbekiston konsolidatsiyalashgan byudjeti taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulotning 3 foizi miqdorida belgilandi.
2025-yil uchun quyidagilar tasdiqlandi:
- mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy va yuridik shaxslar uchun belgilangan ijara toʻlovining eng kam stavkalari;
- tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalari;
- chet davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekistonga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yigʻimlarning stavkalari.
- Qonun 2025-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Мавзуга оид хабарлар:
Davlat byudjeti xarajatlarining 52 foizi ijtimoiy sohaga yo‘naltiriladi Davlat qarzining cheklangan hajmi oshiriladi Senatorlar davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi Kambagʻal oila farzandlari chet tili, IT va kasb-hunarga oʻqitiladi O‘zbekistonda bolalar nafaqasi oluvchilar soni keskin kamaytirildi
Soʻnggi yangiliklar

Toshkentda uyida narkotik yetishtirgan fuqarolar qo‘lga olindi
2 May 2025, 22:17
Ukrainada 11 kishini o‘ldirgan O‘zbekiston fuqarosi umrbodga qamaldi
2 May 2025, 18:15
Markaziy bank muddatli to‘lovlar bozorini tartibga solishni boshlashni rejalashtirmoqda — Timur Ishmetov
2 May 2025, 17:11
O‘zbekistondagi Damas zavodida yangi avtomobil ishlab chiqarish boshlanadi
2 May 2025, 15:47
Xivadagi davlat tashkilotlari shahar chekkasiga ko‘chiriladi, binolari savdoga qo‘yiladi
2 May 2025, 14:00
O‘zbekistonda Fransiya universitetini ochish rejalashtirilmoqda
2 May 2025, 12:24
Denovda 32 nafar bog‘cha bolasini Damas’da tashigan haydovchiga chora ko‘rildi
2 May 2025, 10:51
Birjada propan narxi metan narxi oshishi fonida 21 foizga oshdi
1 May 2025, 21:23