Noyob tangalarni O‘zbekistondan olib chiqmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Mazkur ashyolar Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasiga badiiy ekspertizadan o‘tkazish maqsadida taqdim etilgan.
Buxoro viloyatida qadimiy numizmatika buyumlarini mamlakat hududidan olib chiqmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur holatda “Buxoro – Vnukovo” yo‘nalishidagi aviareys orqali xorijiy davlatga uchib ketayotgan fuqaro respublika hududidan madaniy meros ashyolarini yashirincha olib chiqishga uringan vaqtida bojxona xodimlari tomonidan to‘xtatib qolingan.
Natijada jami 22 dona qadimiy tangalar ashyoviy dalil sifatida vaqtincha saqlovga olingan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur tangalar XX asrda zarb etilgan bo‘lib, ular Rossiya imperiyasi hamda Sovet Ittifoqi davriga oidligi taxmin qilingan.
“Hozirda ushbu numizmatika ashyolari qadimiylik darajasini aniqlash va tarixiy ahamiyatini baholash maqsadida Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasiga badiiy ekspertizadan o‘tkazish maqsadida taqdim etildi”, deyiladi xabarda.
Мавзуга оид хабарлар:
Buxoroda 23 yoshli talaba qiz yotoqxonada oʻz joniga qasd qildi Buxoroning tarixiy qismida mototsikl va skuterlarning harakati cheklandi Buxoroda 943 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi aniqlandi Qirg‘izistonliklarning O‘zbekistonda qolish muddatini uzaytirilishi mumkin Buxoroda salkam 54 mln soʻmlik pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi