Rossiyada jazo o‘tayotgan o‘zbekistonliklarning bolalari vatanga olib kelindi
Voyaga yetmagan bolalar diplomatlar, O‘zbekiston IIV va mamlakatimiz tibbiyot xodimlari hamrohligida qabul qilib olingan.

O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi uzoq vaqt davom etgan tadbirlar natijasida Rossiyaning Volgabo‘yi federal okrugidagi Mordoviya jazoni ijro etish muassasasida jazo o‘tayotgan O‘zbekiston fuqarolarining voyaga yetmagan bolalarini vatanga qaytarish jarayonlarini muvaffaqiyatli yakunladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va Bosh konsulxona diplomatlari tomonidan olib borilgan maqsadli muzokaralar samarasi o‘laroq, o‘zbekistonlik bolalarni Mordoviyadagi jazoni ijro etish muassasasi hududida joylashgan Bolalar uyidan olish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Voyaga yetmagan bolalar diplomatlar, O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi va mamlakatimiz tibbiyot xodimlari hamrohligida qabul qilib olindi.
Rossiyadagi jazoni ijro etish muassasalarida joylashgan Bolalar uyidan o‘zbekistonlik yosh bolalarni repatriatsiya qilish tadbiri amaliyotda birinchi marta amalga oshirildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Rossiyada ikki farzandi bilan qiyin vaziyatda qolgan ayol vatanga qaytarildi Rossiyada qarovsiz qolgan ikki nafar bola Oʻzbekistonga olib kelindi AQShdan deport qilingan 7 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi Dubayda qiyin vaziyatda qolgan o‘zbekistonlikka yordam ko‘rsatildi Rossiyada qiyin ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi
Soʻnggi yangiliklar







