25 Dekabr 2024, 12:56 Jahon

Bokudan Grozniyga uchgan yo‘lovchi samolyoti Qozog‘istonda qulab tushdi

Azerbaijan Airlines aviakompaniyasining Bokudan Grozniyga uchgan yo‘lovchi samolyoti Aqtau shahri yaqinida halokatga uchradi.

Bokudan Grozniyga uchgan yo‘lovchi samolyoti Qozog‘istonda qulab tushdi

25-dekabr kuni Embraer 190 yoʻlovchi samolyoti Qozogʻiston gʻarbidagi Aqtau shahri yaqinida halokatga uchradi. Orda.kz maʻlumotiga koʻra, samolyot Aqtau aeroporti hududiga qulagan.

Dastlabki maʻlumotlarga koʻra, Azerbaijan Airlines aviakompaniyasining Bokudan Grozniyga uchgan yoʻlovchi samolyoti halokatga uchragan.

Azari Press Agentliyi maʻlum qilishicha, samolyot Kaspiy dengizi ustida halokat signali bergan va majburiy qoʻnish uchun Qozogʻiston tomonga yoʻl olgan. “Sputnik Azerbaydjan” aviakompaniyadagi manbaga asoslanib, samolyot qushlar galasi bilan toʻqnashib ketganini halokat sababi sifatida keltirgan.

Baza bortda 67 yoʻlovchi va ekipajning besh aʻzosi boʻlganini xabar qilgan. “Ostorojno, novosti” maʻlumotida samolyot bortidagilar 107 kishi boʻlgani aytilgan.

Samolyot radarlardan gʻoyib boʻlib, uchish-qoʻnish yoʻlagi yaqinidagi dalaga qulagan. Flightradar servisi maʻlumotlariga koʻra, halokatdan oldin samolyot aeroport ustida aylangan.

Ijtimoiy tarmoqlarda samolyot qulashi vaqtida olingan videolar tarqalmoqda.

Mashhur yangiliklar