Chiqindidan qarzni to‘lash uchun fuqarolarga 5 kun muddat beriladi
Qarzdorlik bartaraf etilmaganda elektr energiyasi uchun to‘lovlarini qabul qilishni vaqtinchalik cheklashga qaratilgan huquqiy normalar tatbiq etiladi.
Qonunchilik palatasi 24 dekabrdagi majlisida chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlarini ko‘rsatish sohasida yangi to‘lov mexanizmlarini joriy etishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi va uchinchi o‘qishda ko‘rib chiqilib, qabul qilindi.
17 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan majlisda chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlarini ko‘rsatish sohasida to‘lov intizomini mustahkamga qaratilgan qonun loyihasi iste’molchilar huquqlariga rioya etish kafolatlarini to‘la mustahkamlagan holda ikkinchi o‘qishda tubdan qayta ishlash sharti bilan birinchi o‘qishda qabul qilingandi.
Qayd etilishicha, qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayonida tegishli vazirlik va idoralar vakillari, huquqshunos va ekspertlar ishtirokida o‘tkazilgan ishchi guruh yig‘ilishlarida ushbu qonun loyihasi qizg‘in muhokama qilinib, unga kiritilayotgan har bir norma deputatlar tomonidan chuqur tahlil qilindi. Qonun loyihasi inson manfaati hamma narsadan ustun tamoyili asosida takomillashtirildi.
Mazkur qonun loyihasida iste’molchiga chiqindi xizmati uchun qarzdorlikni bartaraf etish uchun imkoniyat yaratish maqsadida chiqindi xizmatlari uchun to‘lovlardan qarzdorligi yuzasidan qisqa xabar (SMS) orqali iste’molchi xabardor qilingandan keyin besh kunlik muddat berilishi belgilandi. Shundan so‘ng qarzdorlik bartaraf etilmaganda elektr energiyasi uchun to‘lovlarini qabul qilishni vaqtinchalik cheklashga qaratilgan huquqiy normalar tatbiq etiladi.
Ushbu qonun loyihasida iste’molchilar huquqlariga rioya etish kafolatlarini to‘la mustahkamlanib, maishiy chiqindilarni olib chiqib ketishga ixtisoslashgan tashkilotlar to‘lovlarning haqqoniy va to‘g‘ri hisoblanishi uchun javobgar bo‘lishi, mazkur talablar buzilgan hollarda iste’molchiga yetkazilgan zarar qoplanishi belgilab qo‘yildi.
Deputatlaring ta’kidlashicha, qonun loyihasining qabul qilinishi chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha aholiga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lov mexanizmlari takomillashtirishga, chiqindi xizmatlarini ko‘rsatish sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Мавзуга оид хабарлар:
Yil davomida 1,4 trln so‘mlik energoresurslardan noqonuniy foydalanildi Toshkentning ikki tumanida tunda “svet” o‘chirildi Toshkentda avariya sabab 3 mingga yaqin isteʼmolchi “svet”siz qoldi Qoraqalpog‘istonda 288,2 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi “Oʻzbekkosmos” yil boshidan beri 2 mingga yaqin noqonuniy chiqindixonani aniqladi