25 Dekabr 2024, 10:15 Oʻzbekiston

Piskentda aholi gavjum hududda bo‘rilar kezib yurgani aytildi

Piskent tumani hokimligi tumandagi qishloqlarning birida bo‘rilar kezib yurgani yuzasidan ma’lumot berdi.

Piskentda aholi gavjum hududda bo‘rilar kezib yurgani aytildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Piskent tumanidagi Qirqqizobod qishlog‘ida och bo‘rilar kezib yurgani haqida videomurojaat tarqaldi.

Tuman hokimligining qayd etishicha, Qirqqizobod qishlog‘i tog‘li hududda joylashgani bois har qishda, ayniqsa, tog‘larga qor tushganda, aholi yashaydigan joylarga yovvoyi hayvonlar, jumladan, bo‘rilar kirib keladi.

Bugun erta tongdan boshlab yovvoyi hayvonlarni tutuvchi maxsus guruh hududga jalb etildi. Hozirda bo‘rilarni qidirish va ularni zararsizlantirish ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, qo‘lga olingan bo‘rilarni hayvonot bog‘iga jo‘natish rejalashtirilgan, u yerda ularning tabiiy yashash joylariga yaqin sharoitlar yaratiladi. Shu kungacha mahalliy aholiga hech qanday zarar yetmagan.

Mashhur yangiliklar