25 Dekabr 2024, 09:37 Jahon, Oʻzbekiston, Sport

Rossiya 7 mln dollarlik firibgarlikda ayblanayotgan o‘zbekistonlikni Qozog‘istonga ekstraditsiya qildi

Qozog‘iston Bosh prokuraturasi 7 mln dollarlik firibgarlikda ayblanayotgan o‘zbekistonlik ayol Rossiyadan ekstraditsiya qilinganini ma'lum qildi.

Rossiya 7 mln dollarlik firibgarlikda ayblanayotgan o‘zbekistonlikni Qozog‘istonga ekstraditsiya qildi

Rossiya Qozog‘istonga 7 mln dollarlik firibgarlik ishida gumonlanayotgan o‘zbekistonlik ayolni ekstraditsiya qildi. Bu haqda Qozog‘iston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, gumonlanuvchi 2005-yildan 2007-yilgacha Olmaota qurilish kompaniyasida buxgalter bo‘lib ishlagan. U hujjatlar bilan qayd etilmagan qalbaki kvitansiyalarni yozgan. Uning harakatlari natijasida 80 kishi jabr ko‘rgan va zarar miqdori 3,7 mlrd tengedan (7 mln dollar) oshgan.

Gumonlanuvchi jinoyat sodir etilgandan so‘ng yashiringan va shundan keyin xalqaro qidiruvga berilgan.

Taʼkidlanishicha, Rossiya huquq-tartibot idoralari 2023-yil oxirida Krasnodar viloyatida o‘zbekistonlik ayolni qo‘lga olgan.

Ayni vaqtda gumonlanuvchi tergov izolyatoriga joylashtirilgan. Qozog‘iston qonunchiligiga ko‘ra, u qilgan jinoyati isbotlansa, 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi va mol-mulki musodara qilinishi mumkin.

Mashhur yangiliklar