O‘zbekiston gandbol federatsiyasiga rais saylandi
Quvondiq Sanaqulov O‘zbekiston gandbol federatsiyasi raisi bo‘ldi.
Quvondiq Sanaqulov O‘zbekiston gandbol federatsiyasi raisi lavozimiga saylandi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 24-dekabr kuni qo‘mitada Sport vazirligi va MOQ rahbariyati ishtirokida mamlakat gandbol federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi tashkil etildi. Unda federatsiyaga yangi rahbar saylandi va Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik rejasi ko‘rib chiqildi.
Tadbirda “Navoiy kon-metallurgiya kombinati»ning bosh direktori, O‘zbekiston Qahramoni Sanaqulov Quvondiq Sanaqulovich nomzodi O‘zbekiston gandbol federatsiyasi raisi lavozimiga ilgari surildi.
Sport vaziri Adham Ikramov bir necha yillar davomida mamlakat suzish federatsiyasi raisi lavozimida faoliyat olib borgan Quvondiq Sanaqulovich haqida fikr bildirdi. Delegatlar ushbu nomzodni bir ovozdan ma’qulladi va u mamlakat gandbol federatsiyasi raisi lavozimiga saylandi.
Мавзуга оид хабарлар:
Islom sivilizatsiyasi markazi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi Mudofaa vaziri Oʻq otish sporti federatsiyasiga rais etib tayinlandi Sport vaziriga yangi oʻrinbosar tayinlandi “Hududiy elektr tarmoqlari”ga yangi rahbar tayinlandi Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi