Tataristondagi yong‘inda halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiga aniqlik kiritildi
O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi Tataristondagi yong‘inda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar bo‘yicha ma’lumot berdi.
Bosh konsulxona axborotida keltirilishicha, yong‘in 24-dekabr ertalab soat 3:00 larda Tatariston Respublikasida Yelabuga munitsipal tumanida joylashgan “MIR” chorvachilik fermasining inshootida sodir bo‘lgan.
Hodisa oqibatida 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi (1976-yilda tug‘ilgan A.B., 1965-yilda tug‘ilgan X.X., 1970-yilda tug‘ilgan J.U., 1995-yilda tug‘ilgan B.N. va 2002-yilda tug‘ilgan S.D.) halok bo‘lgan.
Xabarda aytilishicha, ushbu holat Bosh konsulxona nazoratiga olinib, tezkor ravishda Bosh konsulxona diplomatlari voqea joyiga safarbar etilgan. Halok bo‘lganlarning jasadlarni vatanga qaytarish ishlarini tashkil etishga qaratilgan choralar ko‘rilmoqda. Mazkur tadbirlarni amalga oshirishda Tatariston rahbariyati va vakolatli organlar tomonidan amaliy yordam va ko‘mak ko‘rsatilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Rossiyada jazo o‘tayotgan o‘zbekistonliklarning bolalari vatanga olib kelindi Rossiya 7 mln dollarlik firibgarlikda ayblanayotgan o‘zbekistonlikni Qozog‘istonga ekstraditsiya qildi Tataristondagi yong‘inda 5 nafar o‘zbekistonlik qurbon bo‘ldi Rossiyada og‘ir vaziyatda qolgan yosh oila vatanga qaytarildi Rossiyada sumka ichidan o‘zbekistonlik ayolning murdasi topildi