24 Dekabr 2024, 14:17 Eksklyuziv, Iqtisod

Markaziy bank Islomiy moliyaviy xizmatlar kengashiga a’zo bo‘ldi

O‘zbekiston Markaziy banki Islomiy moliyaviy xizmatlar kengashiga aʼzo bo‘ldi.

Markaziy bank Islomiy moliyaviy xizmatlar kengashiga a’zo bo‘ldi

Markaziy bank matbuot xizmatining xabar berishicha, Kengash faoliyati islomiy moliya institutlarini tartibga solish va nazorat qilish bo‘yicha xalqaro standartlarni ishlab chiqish, samarali korporativ boshqaruv mexanizmlari va risk-menejment tizimini joriy qilish, shuningdek, mazkur sohada kadrlar salohiyatini oshirish, tadqiqotlar olib borish hamda ushbu masalalarda kengashga aʼzo tashkilotlarga ko‘maklashishga qaratilgan.

Xabarda ta’kidlanishicha, mazkur tashkilotga aʼzolik boshqa mamlakatlar tajribasini o‘rganish va O‘zbekistonda islomiy moliya institutlari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish sohasida ilg‘or xalqaro tajribani joriy etish imkonini beradi.

Islomiy moliyaviy xizmatlar kengashi 2002-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bosh ofisi Kuala-Lumpurda (Malayziya) joylashgan. Bugungi kunda kengashning 188 aʼzosi, shu jumladan, 81 ta tartibga solish va nazorat qiluvchi organlar, 10 ta xalqaro hukumatlararo tashkilot va 97 ta bozor ishtirokchilari hisoblanadi. Shuningdek, kengashga Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston moliyaviy regulyatorlari ham aʼzo hisoblanadi.

Mashhur yangiliklar