24 Dekabr 2024, 13:45 Jahon, Oʻzbekiston, Sport

Tataristondagi yong‘inda 5 nafar o‘zbekistonlik qurbon bo‘ldi

Tataristonning Malorechenskiy qishlog‘idagi fermada O‘zbekistonning 5 nafar fuqarosi yonib ketdi.

Tataristondagi yong‘inda 5 nafar o‘zbekistonlik qurbon bo‘ldi

Rossiyaning Tatariston Respublikasi Malorechenskiy qishlog‘ida yong‘in oqibatida olti erkak halok bo‘ldi. Ularning 5 nafari O‘zbekiston fuqarosi ekani aytilmoqda. Bu haqda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Malorechenskiy qishlog‘idagi chorvachilik kompleksi hududida ishchilar vaqtincha yashashi uchun mo‘ljallangan uy yonib ketgan. Binoda jami 39 kishi bo‘lgan. Ulardan 33 nafari mustaqil ravishda tashqariga chiqishga erishgan, bir kishi esa jarohat olgan. Yong‘in 300 kvadrat metr maydonda sodir bo‘lib, uni o‘chirishda Rossiya FVVning 14 xodimi va to‘rtta texnikasi ishtirok etgan.

Yong‘in o‘chirish vaqtida olti erkakning jasadi topilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inning kelib chiqishiga elektr uskunalaridan foydalanish qoidalarining buzilishi sabab bo‘lgan. Baza Telegram-kanali xabariga ko‘ra, halok bo‘lganlarning 5 nafari O‘zbekiston fuqarosi.

Mashhur yangiliklar