23 Dekabr 2024, 13:38 Oʻzbekiston

Namanganda IIB xodimiga pora taklif qilgan shaxs ushlandi

Namangan viloyatida IIB xodimiga 2000 dollar pora taklif etgan shaxs qo‘lga olindi.

Namanganda IIB xodimiga pora taklif qilgan shaxs ushlandi

“Namangan” yo‘l-patrul xizmat maskanida xizmat olib borayotgan YPX inspektorlari tomonidan Vodiy—Toshkent yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Cobalt rusumli avtomobil tekshirilganida uning yukxonasi va salonida xorijda ishlab chiqarilgan pirotexnika vositalarini borligini aniqlanib, qonuniy chora ko‘rish uchun Pop tuman IIBga topshiriladi.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgan paytda ushbu pirotexnika vositalari egasi o‘ziga nisbatan rasmiylashtirilgan hujjatlarni sud idoralariga yubormaslik va qonuniy chora ko‘rmaslik evaziga 2000 AQSh dollari miqdoridagi pora taklif qiladi.

Xodimning ushbu harakatlar noqonuniyligi va jinoiy javobgarlik keltirib chiqarishi to‘g‘risida ogohlantirishlari naf bermagach, rahbariyatga bildirgi bilan murojaat etadi va chora ko‘rishlarini so‘raydi.

Bildirgiga asosan tezkor tadbir o‘tkazilib, fuqaro 2000 dollar miqdoridagi pulni Pop tuman IIB 1-sonli ichki ishlar bo‘linmasi maʼmuriy binosi oldida xodimga pora tariqasida bergan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlanib, holat yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirildi.

Sertifikatsiz pirotexnika vositalarini Qo‘qondan Toshket viloyatiga olib ketayotgan shaxs shu tariqa yana bir jinoyatga qo‘l urdi. Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mashhur yangiliklar