Rossiyada sumka ichidan o‘zbekistonlik ayolning murdasi topildi
Sankt-Peterburg shahrida yuk sumkasi ichidan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi.
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Nevskiy tumanida sumka ichidan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi. Bu haqda 78.ru xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, jasad Olga Berggolts ko‘chasidagi 19-uyning yerto‘lasidagi sumkadan zo‘ravonlik alomatlari bilan topilgan. O‘ldirilgan shaxs 31 yoshli O‘zbekiston fuqarosi ekani aniqlangan. U noyabr oyi boshida Sankt-Peterburgga 24 yoshli tanishinikiga pul topish maqsadida kelgan.
Ta’kidlanishicha, 9-dekabr kuni kechqurun Sedov ko‘chasidagi 70-uyda joylashgan kvartirada yashayotgan yigit janjal paytida ayolni bo‘g‘ib o‘ldirgan. Shundan keyin uning jasadini katta sumkaga solgan. So‘ngra Olga Berggolts ko‘chasidagi 19-uyning podvalida tuproq bilan ko‘mib, voqea joyidan qochgan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarosi 10-dekabr kuni Rossiyadan chiqib ketgan va vataniga qaytgan. Gumonlanuvchining o‘zi 9-dekabr kuni vatandoshini o‘ldirgani haqida politsiyaga ariza bilan kelgan. Shuningdek, u jasadni yashirgan aniq manzilni ham ko‘rsatgan. Tergovchilar ekspertiza o‘tkazmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Rossiyada YouTube deyarli bloklandi Rossiyada og‘ir vaziyatda qolgan yosh oila vatanga qaytarildi To‘rt yildan buyon qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deport qilindi Rossiyada musulmonlarga ko‘pxotinlikka ruxsat berildi Mirziyoyev Rossiya generali o‘limi yuzasidan Putinga hamdardlik bildirdi