23 Dekabr 2024, 10:15 •Oʻzbekiston
To‘rt yildan buyon qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deport qilindi
O‘g‘rilikda ayblanib, to‘rt yildan buyon qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.
O‘g‘riliy jinoyatini sodir etganlikda ayblanib 2020-yildan buyon qidiruvda bo‘lgan Gulruxxon Akmaljon qizi Erkinova O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Bu haqda Istanbuldagi bosh konsulxona xabar berdi.
Qayd etilishicha, 26 yoshli ayol Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qo‘lga olingan.
Konsullik ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan Istanbuldagi bosh konsulxonaga yoki O‘zbekiston IIV yoxud uning quyi tizimlariga murojaat qilishni so‘radi.
“Jinoyat uchun jazoning muqarrarligini ta’minlash maqsadida Turkiya hududida hamkorlikdagi tadbirlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda”, deyiladi xabarda.
Мавзуга оид хабарлар:
Rossiyada og‘ir vaziyatda qolgan yosh oila vatanga qaytarildi Rossiyada sumka ichidan o‘zbekistonlik ayolning murdasi topildi Koreyada ish joyini tashlab ketgan o‘zbekistonliklarning kafillaridan 2 mlrd so‘m undirildi Rossiyada qarovsiz qolgan 15 nafar bola vatanga qaytarildi Suriyadagi vaziyatni yoritayotgan o‘zbekistonlikka nisbatan qidiruv e’lon qilindi
Soʻnggi yangiliklar
O‘zbek sportida yilning eng yaxshilari aniqlandi
23 Dekabr 2024, 19:21Rossiyada YouTube deyarli bloklandi
23 Dekabr 2024, 18:45Mudofaa vaziri Oʻq otish sporti federatsiyasiga rais etib tayinlandi
23 Dekabr 2024, 18:10Rossiyada og‘ir vaziyatda qolgan yosh oila vatanga qaytarildi
23 Dekabr 2024, 17:32Davlat raqami belgilari uchun toʻlov miqdori oʻzgardi
23 Dekabr 2024, 17:00Toshkent metrosi Yangi yil kechasida soat 2:00 gacha ishlaydi
23 Dekabr 2024, 16:04Narkolaboratoriya tashkil qilgan ikki nafar shaxs uzoq muddatga qamaldi
23 Dekabr 2024, 15:36Odam savdosi jinoyati uchun jazo choralari kuchaytirilmoqda
23 Dekabr 2024, 14:49