23 Dekabr 2024, 08:17 •Oʻzbekiston
Namanganda o‘qituvchilar va bog‘cha tarbiyachilari bayram konsertiga chipta sotib olishga majburlandi
Holat yuzasidan viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi izoh berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan tumanidagi maktab va davlat bog‘chasi xodimlariga bayram konsertiga majburiy ravishda chipta sotilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Namangan viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi axborot xizmati izoh berdi.
Maʼlum qilinishicha, tuman MMTB xodimi tomonidan o‘zboshimchalik bilan chiptalar sotilgani aniqlandi. Taʼlim muassasalari xodimlariga pullari qaytarib berildi.
MMTB xodimiga “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.
“Viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi umumtaʼlim muassasalarida nainki majburiy, balki asossiz va qonunga zid ravishda har qanday pul mablag‘lari yig‘ilishiga yo‘l qo‘ymasligini bildiriladi”, deyiladi xabarda.
Мавзуга оид хабарлар:
Soʻnggi yangiliklar
O‘zbek sportida yilning eng yaxshilari aniqlandi
23 Dekabr 2024, 19:21Rossiyada YouTube deyarli bloklandi
23 Dekabr 2024, 18:45Mudofaa vaziri Oʻq otish sporti federatsiyasiga rais etib tayinlandi
23 Dekabr 2024, 18:10Rossiyada og‘ir vaziyatda qolgan yosh oila vatanga qaytarildi
23 Dekabr 2024, 17:32Davlat raqami belgilari uchun toʻlov miqdori oʻzgardi
23 Dekabr 2024, 17:00Toshkent metrosi Yangi yil kechasida soat 2:00 gacha ishlaydi
23 Dekabr 2024, 16:04Narkolaboratoriya tashkil qilgan ikki nafar shaxs uzoq muddatga qamaldi
23 Dekabr 2024, 15:36Odam savdosi jinoyati uchun jazo choralari kuchaytirilmoqda
23 Dekabr 2024, 14:49