21 Dekabr 2024, 09:02 Oʻzbekiston

Andijon hududida yer silkinishi qayd etildi

Andijon viloyati Marhamat tumanida 3,3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.

Andijon hududida yer silkinishi qayd etildi

FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, 21 dekabr kuni O‘zbekiston hududida mahalliy vaqt bilan soat 08:11 da zilzila sodir bo‘ldi.

Episentr: Andijon viloyati, Marhamat tumani. Zilzila koordinatalari: 40,53 gradus shimoliy kenglik; 72,37 gradus sharqiy uzunlik.

Magnituda M=3,3. Chuqurlik 10 km. Zilzila episentri Toshkentdan 277 km janubi-sharqda.

Mashhur yangiliklar