21 Dekabr 2024, 08:35 •Jahon, Oʻzbekiston, Sport
O‘zbekiston sunʼiy intellektga tayyorgarlik indeksida 17 pog‘ona ko‘tarildi
Mamlakat Markaziy Osiyo davlatlari orasida 1-o‘rinni egallab turibdi.

Oxford Insights tashkiloti tomonidan “Hukumatning sunʼiy intellektga tayyorlik indeksi” reytingi eʼlon qilindi.
Ushbu reytingda O‘zbekiston 53,45 ball bilan 70-o‘rinni egallab, 17 pog‘onaga ko‘tarildi. Mamlakat Markaziy Osiyo davlatlari orasida 1-o‘rinni egallab turibdi.
Mazkur reyting hukumatning sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy qilishga tayyorligini baholaydi va 40 ta indikator asosida tuziladi.
Mamlakatning ushbu yutuqlari hukumat tomonidan tasdiqlangan “Sunʼiy intellekt texnologiyalarini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi” hamda bu sohadagi izchil islohotlar natijasi ekanligi taʼkidlandi.
Reytingda O‘zbekiston Janubiy va Markaziy Osiyo mintaqasida Hindiston va Turkiyadan keyin 3-o‘rinni egallagan.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistondagi 3 ta OTM dunyoning eng yaxshi universitetlari reytingiga kirdi O‘zbekiston eng kam ish haqi miqdori bo‘yicha dunyoda nechanchi o‘rinda? O‘zbekistonda hokimlar va boshqa mansabdorlar sun’iy intellekt bilan ishlashga o‘rgatiladi WBC’ning yangilangan reytingi eʼlon qilindi FIFA reytingi yangilandi, unda O‘zbekistonning o‘rni qanday?
Soʻnggi yangiliklar

Toshkentda uyida narkotik yetishtirgan fuqarolar qo‘lga olindi
2 May 2025, 22:17
Ukrainada 11 kishini o‘ldirgan O‘zbekiston fuqarosi umrbodga qamaldi
2 May 2025, 18:15
Markaziy bank muddatli to‘lovlar bozorini tartibga solishni boshlashni rejalashtirmoqda — Timur Ishmetov
2 May 2025, 17:11
O‘zbekistondagi Damas zavodida yangi avtomobil ishlab chiqarish boshlanadi
2 May 2025, 15:47
Xivadagi davlat tashkilotlari shahar chekkasiga ko‘chiriladi, binolari savdoga qo‘yiladi
2 May 2025, 14:00
O‘zbekistonda Fransiya universitetini ochish rejalashtirilmoqda
2 May 2025, 12:24
Denovda 32 nafar bog‘cha bolasini Damas’da tashigan haydovchiga chora ko‘rildi
2 May 2025, 10:51
Birjada propan narxi metan narxi oshishi fonida 21 foizga oshdi
1 May 2025, 21:23