20 Dekabr 2024, 11:29 Oʻzbekiston

Mirzachoʻl tumani tibbiyot birlashmasida 935 mln soʻm byudjet mablagʻlari talon-toroj qilindi

Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mirzachoʻl tumani tibbiyot birlashmasida 935 mln soʻm byudjet mablagʻlari talon-toroj qilindi

Mirzachoʻl tumani tibbiyot birlashmasida byudjet mablagʻlarini talon-toroj qilish holati aniqlandi. Bu haqda OʻzA xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Mirzachoʻl tumani tibbiyot birlashmasida ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarning toʻlanishi qonuniyligi yuzasidan tekshiruv oʻtkazilgan.

Tekshiruv natijada, tibbiyot birlashmasining mansabdor shaxslari 2023-yilning yanvar oyidan 2024-yilning noyabr oyiga qadar ataylab 17 nafar ishchi-xodimga jami 935 mln 455 ming soʻm pul mablagʻini ish haqi sifatida asossiz toʻlab bergani, soʻngra ushbu pul mablagʻini ishchi-xodimlarning bank kartalaridan yechib olib, oʻzlarining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgani aniqlangan.

Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mashhur yangiliklar