18 Dekabr 2024, 18:15 Oʻzbekiston

Samarqandda avtobus urib yuborgan piyoda halok bo‘ldi

Samarqanda shahrida yo‘lovchi avtobusi urib yuborgan 35 yoshli piyoda voqea joyida halok bo‘ldi.

Samarqandda avtobus urib yuborgan piyoda halok bo‘ldi

Samarqand shahrida avtobus fuqaroni urib yubordi, deya xabar bermoqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, voqea 18-dekabr kuni soat 07:30 atrofida shaharning Narpay yo‘li ko‘chasida sodir bo‘lgan.

Avtobus haydovchisi yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan piyodani urib yuborgan. 35 yosh atrofidagi ayol olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mashhur yangiliklar