Fargʻonadagi portlashda vafot etganlar soni 4 nafarga yetdi
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, 5 nafar shaxs protsessual tartibda qamoqqa olingan.
Kecha, 17-dekabr kuni Fargʻona shahrida joylashgan “zapravka”da katta yongʻin yuz bergandi. Viloyat FVBning dastlabki xabarida yongʻin oqibatida 1 nafar fuqaro vafot etgani, 4 nafar fuqaro tan jarohati olgani aytilgandi.
Bugun, 18-dekabr kuni Fargʻona viloyat IIB yongʻindan jabrlanib, shifoxonaga yotqizilgan 3 nafar fuqaro koʻrsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan vafot etganini maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan viloyat IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 3-qismi “a” bandi hamda 259-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
“Ushbu jinoyat ishi doirasida 5 nafar shaxs protsessual tartibda qamoqqa olingan, 2 nafar shaxslarni ushlash choralari koʻrilmoqda. Holat yuzasidan tegishli ekspertizalar tayinlangan boʻlib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi rasmiy xabarda.
Мавзуга оид хабарлар:
Qoraqalpog‘istonda 288,2 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi Quyoshda ikkita kuchli chaqnash sodir bo‘ldi Farg‘onadagi portlashdan so‘ng viloyatdagi barcha “zapravka”lar o‘rganiladi To‘rt hududda 675 mln so‘mlik gaz va “svet”dan noqonuniy foydalanildi Farg‘onada erkak ikkinchi xotinini urib, jag‘ini sindirdi