17 Dekabr 2024, 18:46 Oʻzbekiston

8,7 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan sex fosh etildi

Ohangaronda 8,7 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan o‘g‘it ishlab chiqarish sexi aniqlandi.

8,7 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan sex fosh etildi

Toshkent viloyatida mineral o‘g‘it ishlab chiqarish sexi 8,7 milliard so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani fosh etildi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Ohangaron tumanida joylashgan “N.” MChJga qarashli mineral o‘g‘it ishlab chiqarish sexida gaz taʼminoti korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan 1 dona bug‘ qozoni va 2 dona ikki konturli isitish qozonida noqonuniy ravishda tabiiy gazdan foydalanilgan.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida davlat manfaatlariga 8 mlrd 743 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Mashhur yangiliklar