Nukusda 2,5 ming tonna koʻmir talon-toroj qilindi
Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Namangan viloyatida ijtimoiy soha obyektlarini isitish uchun yetkazib berilgan koʻmirni talon-toroj qilish holatlari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Nukus tumanida oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda davlat xususiy sherikchilik bitimiga asosan koʻmir yetkazib beruvchi “N.A.” MChJga ijtimoiy soha obyektlarini isitish uchun yetkazib berilgan koʻmir oʻlchovdan oʻtkazilganida, MChJ masʼul shaxslari umumiy bahosi 1 mlrd soʻmlik jami 2 514 tonna koʻmirni talon-toroj qilgani aniqlangan.
Shu kabi, Namangan viloyatida oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda davlat xususiy sherikchilik bitimiga asosan koʻmir yetkazib beruvchi “O.D.” MChJ rahbari O.Q. va boshqalar kuz-qish mavsumida Kosonsoy tumanidagi byudjet tashkilotlarini isitish uchun ajratilgan umumiy bahosi 263,1 mln soʻmlik 609,9 tonna koʻmirni boshqa shaxslarga qimmat narxlarda sotib yuborib, talon-toroj qilgani fosh etilgan.
Departamentga koʻra, hozirgi kunda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Qashqadaryoda isitish tizimini taʼmirlashda 934,4 mln so‘m o‘zlashtirib ketildi Qashqadaryoda 200 ta suyultirilgan gaz balloni talon-toroj qilindi Namangandagi novvoyxonada giyohvandlik moddasi topildi Mirzachoʻl tumani tibbiyot birlashmasida 935 mln soʻm byudjet mablagʻlari talon-toroj qilindi Namanganda maktab direktori xizmat xonasida qimor o‘ynadi